09:14 / 25.09.2020
9366

Sirdaryoda spirtli ichimlik ta'sirida janjallashish o‘lim bilan yakunlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2020 yilning 15 sentabr kuni tungi soat 02:30da Sirdaryo viloyati Guliston shahrida 39 yoshli S.X. o‘zi bilan birgalikda shar'iy nikoh asosida yashovchi 50 yoshli Z.Sh. (ayol) bilan spirtli ichimlik iste'mol qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, o‘rtada kelib chiqqan o‘zaro janjal natijasida S.X. turmush o‘rtog‘i Z.Sh. badanining turli joylariga qo‘li bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada, Z.Sh. olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishlilik bo‘yicha Guliston shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limiga yuborilgan.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha S.X. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibida ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga oid
Top