22:26 / 26.09.2020
4442
London markazida minglab kishilar karantin joriy etilishiga qarshi namoyishga chiqdi

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, to‘rt nafar politsiyachi jarohatlangan, 10 kishi hibsga olingan. Shuningdek, to‘qnashuvlarda jabrlangan yana bir necha kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Foto: EPA

London markazida Buyuk Britaniyada qaytadan karantin joriy etilishiga qarshi bo‘lgan minglab kishilar norozilik aksiyasi o‘tkazdi. Qatnashchilar tomonidan ijtimoiy masofaga rioya etilmaganligi sababli politsiya aksiyani to‘xtatishga majbur bo‘ldi, bu esa to‘qnashuvlarga olib keldi, deb xabar bermoqda  Bi-bi-si.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, to‘rt nafar politsiyachi jarohatlangan, 10 kishi hibsga olingan. Shuningdek, to‘qnashuvlarda jabrlangan yana bir necha kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Britaniya OAVning yozishicha, aksiyada 10-15 ming kishi qatnashgan. Aksiya tashkilotlarining ta'kidlashicha, pandemiya xalqning ko‘r-ko‘rona bo‘ysunishini talab qilayotgan hukumatlarning fitnasidir.  .

O‘tgan haftadan Buyuk Britaniyada oltidan ortiq kishining guruh bo‘lib to‘planishi taqiqlangan, ammo ijtimoiy masofa saqlash qoidasiga rioya qilgan holda norozilik namoyishi o‘tkazishga ruxsat berilgan. London markazida to‘planganlar niqob taqmagan va kerakli masofani saqlamagani uchun politsiya aksiyani to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

Mamlakatda kuniga 10 mingga yaqin yangi holatlar aniqlanayotgani sababli Britaniya hukumati yangi cheklovlarni joriy etmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top