19:44 / 26.09.2020
5783
Qatar Arab davlatlari ligasi raisligidan voz kechdi

Doha Falastin ADLga yetakchilik qilishdan voz kechganidan so‘ng uning o‘rniga raislikni olishi lozim edi.

Foto: Anadolu Agency

Qatar Arab davlatlari ligasi (ADL) raisligidan voz kechdi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.

Doha Falastin ADLga yetakchilik qilishdan voz kechganidan so‘ng uning o‘rniga raislikni olishi lozim edi.

Qatar hozirda ushbu tashkilotga raislik qilishdan voz kechgani uchun uzr so‘ragan, ammo 2021 yil martda tashkilotni boshqarish huquqini saqlab qolgan. 

22 sentyabrda Falastin tashqi ishlar vaziri Riyod al-Malikiy tashkilot BAA va Bahraynning Isroil bilan muloqotini qo‘llab-quvvatlashi fonida raislikdan voz kechishini ma'lum qilgandi. 

Top