07:19 / 26.09.2020
42975

Xarkovdagi aviahalokat sababi va ikki kishi qanday omon qolgani ma'lum bo‘ldi

Ukrainaning Xarkov viloyatida sodir bo‘lgan aviahalokatning sababi ma'lum bo‘ldi. Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, halokat samolyotning chap dvigateli ishlamay qolgani oqibatida sodir bo‘lgan.

Halokatga uchragan An-26 bortida 27 kishi bo‘lgani aniqlandi. Ulardan 7 nafari ekipaj a'zolari va 20 nafari Ivan Kojyedub nomidagi Xarkov Havo kuchlari universiteti kursantlari bo‘lgan. Bu ma'lumotni Xarkov gubernatori Aleksey Kucher ham tasdiqladi.

Halokat qurbonlari soni 25 nafarga yetdi. OAVda ikki kishi aviahalokatda qanday omon qolgani haqida ham xabarlar paydo bo‘ldi. Ma'lum bo‘lishicha, ular qulayotgan samolyotdan vaqtida o‘zlarini tashlashgan. Samolyot qulagach, yonib ketgan. Shu sabab omon qolgan ikki kishi ham kuyish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgani ma'lum.

Sinov parvozini o‘tkazayotgan An-26 harbiy transport samolyoti 25 sentabr kuni Kiyev vaqti bilan soat 20:45 da Xarkov – Rostov trassasi yaqinida qulab tushgan. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ertaga voqea joyiga yetib borishini aytdi.

Mavzuga oid
Top