07:27 / 27.09.2020
6982
Koronavirus: O‘zbekistonda so‘nggi bir kunda 500ga yaqin yangi holat aniqlanib, 500dan ortiq bemor tuzaldi

26 sentabr kuni O‘zbekistonda 491 kishida koronavirus aniqlanib, 504 kishi tuzalgani va 4 kishi vafot etgani tasdiqlandi. Kunlik kasallanish ko‘rsatkichi qatorasiga ikkinchi kun 500dan kam bo‘ldi.

Rasmiy statistikada jami holatlar soni 55 mingga yaqinlashdi: hozirgacha 54 953 kishida koronavirus aniqlangan. Ulardan 51 458 nafari tuzalgan.

Qurbonlar soni kamida 4 nafarga ortib, SSV statistikasi bo‘yicha 454 nafarga yetdi.

Yangi holatlar (+491)

Kun davomida respublikaning 8 hududida tana harorati ko‘tarilgani hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida yangi holatlar aniqlangan.

  • Toshkent shahrida 310 holat;
  • Toshkent viloyatida 84 holat; 
  • Namangan viloyatida 29 holat;
  • Andijon viloyatida 15 holat;
  • Sirdaryo viloyatida 14 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 14 holat;
  • Jizzax viloyatida 13 holat;
  • Samarqand viloyatida 12 holat.

Tuzalganlar (+504)

Kun davomida respublikaning 8 hududida jami 504 nafar bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 51 ming 458 nafarga yetdi (93 foiz).

  • Toshkent shahrida 308 nafar;
  • Toshkent viloyatida 108 nafar;
  • Namangan viloyatida 30 nafar; 
  • Andijon viloyatida ham 16 nafar;
  • Jizzax viloyatida ham 16 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 12 nafar;
  • Samarqand viloyatida 10 nafar;
  • Xorazm viloyatida 4 nafar bemor tuzaldi. 

SSV 26 sentabr kuni yana 4 nafar bemor vafot etgani va shu vaqtgacha rasmiy statistikaga kiritilgan o‘lim holatlari soni 454taga yetgani haqida xabar qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3041 nafar bemordan 719 nafari og‘ir, 294 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top