15:32 / 28.09.2020
3657

Tailand koronavirus sababli favqulodda holat rejimini uzaytirdi

Mamlakatda favqulodda holat rejimi oltinchi marta uzaytirilmoqda.

Foto: Jorge Silva / Reuters

Tailand koronavirus tarqalishi xavfi sababli kiritilgan favqulodda holat rejimini 31 oktyabrgacha uzaytirdi. 

 «Bu favqulodda holat rejimining oltinchi marta uzaytirilishi. Dunyodagi epidemiologik vaziyat yaxshilanmagani sababli ushbu qaror qabul qilindi: 33 milliondan ortiq kishi kasallandi, milliondan ortiq kishi vafot etdi», — dedi mamlakat koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha milliy markazi vakili Txavisin Visanuyotxin.

 Qayd etilishicha, Tailand hukumati infeksiyaga qarshi kurashish choralari bo‘yicha qaror chiqarishda byurokratik jarayonlarga duch kelmasligi uchun favqulodda holat rejimi joriy etilgan.

 Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda kasallanganlar soni 3,5 ming nafardan oshgan, 59 kishi vafot etgan.

Mavzuga oid
Top