13:03 / 28.09.2020
9351

Tergov departamenti apparatida yangi tayinlov amalga oshirildi

Otabek Valixonov Tergov departamenti kadrlar bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tergov departamenti apparatida yangi tayinlov amalga oshirildi. Bu haqda departament xabarida aytilgan.

O‘zbekiston ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan IIV huzuridagi Tergov departamenti kadrlar bo‘linmasi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha inspektori Otabek Valixonov egallab  turgan lavozimidan ozod etilib, Tergov departamenti kadrlar bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tergov departamenti kadrlar bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida faoliyatini olib borgan Javohir Jalilov IIV Akademiyasi Oliy akademik kurslariga o‘qishga kirganligi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. 

Mavzuga oid
Top