16:02 / 28.09.2020
7578
Xiaomi narxi avtomobil bahosiga teng televizorini sotuvga chiqarmoqda

Mi TV Lux Ultra beshinchi avlod mobil tarmoqlarida ishlay oladi. Televizorning doimiy xotirasi 256 GB bo‘lib, u  Android tizimida ishlaydi.

Foto: Xiaomi

Xiaomi o‘zining Mi TV Lux Ultra deb nomlangan smart-televizorini namoyish etdi. Bu haqda Fonearena xabar bermoqda.

 Televizor 82 dyuymli ekranga ega bo‘lib, displey o‘lchami 7680 x 4320 pikselni tashkil etadi. Ekran miniLED texnologiyasi asosida ishlangan. 

Mi TV Lux Ultra ko‘plab simli va simsiz interfeyslarga ega. Bundan tashqari, u beshinchi avlod mobil tarmoqlarida ishlay oladi. Televizorning doimiy xotirasi 256 GB bo‘lib, u  Android tizimida ishlaydi.

 Uning Xitoy bozoridagi narxi 50 ming yuan (7300 dollarga yaqin). Televizor 21 oktyabrdan sotuvga chiqadi.

Top