13:04 / 29.09.2020
8185
A Seriya klubi Eldor Shomurodov uchun 8 million yevro taklif qilishga tayyor

O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda SportItalia jurnalisti va insayder Janluidji Longari xabar bermoqda.

Foto : KUN.UZ

Manbaning tvitterdagi sahifasida yozishicha, Italiyaning «Jyenoa» klubi «Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Genuya klubi O‘zbekiston milliy jamoasining 25 yoshli hujumchisi uchun 8 million yevro taklif qilishga tayyor.

Ma'lumot uchun, Shomurodov 2017 yildan buyon rostovliklar safida to‘p surmoqda. Futbolchining shartnomasi 2024 yilga qadar belgilangan. Transfermarkt portali hujumchining transfer bahosini 6,5 million yevroga baholagan.

Eldor Shomurodov o‘tgan mavsumda Rossiya Premer-ligasida 11ta gol urib, to‘purarlar qatoridan joy olgandi. Joriy mavsumda u 9 o‘yinda bitta gol muallifiga aylangan.

Top