00:13 / 29.09.2020
24464
JSST koronavirusdan o‘lim holatlari bo‘yicha statistikaga shubha bildirdi

JSST vakili koronavirus yuqtirish oqibatida sodir bo‘lgan o‘limlarning hammasi ham qayd etilmayotganligini taxmin qildi.

Foto: Getty Images

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi direktori Maykl Rayan koronavirusdan o‘lim holatlari bo‘yicha statistikaga shubha bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, virusdan o‘lim bo‘yicha rasmiy raqamlar haqiqiy ko‘rsatkichga nisbatan past. U koronavirus yuqtirish oqibatida sodir bo‘lgan o‘limlarning hammasi ham qayd etilmayotganligini taxmin qildi. Shuningdek, JSST vakili boshqa kasalliklar yoki baxsiz hodisalar ham koronavirusga bog‘lanmayotganligini qayd etdi.

Avvalroq Rayan dunyo bo‘yicha koronavirus qurbonlari soni ikki millionga yetishi mumkinligini aytgandi. Uning  ta'kidlashicha, to‘qqiz oy ichida bir million kishi koronavirus infeksiyasidan vafot etgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, vaksina yaratilishiga to‘qqiz oy kerak bo‘ladi va bu vaqt ichida yana bir million kishi vafot etishi mumkin.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 33,4 milliondan oshgan, 1 milliondan ortiq kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top