16:17 / 29.09.2020
2230
O‘zbekistonda benzin importi 87 mln litrga oshgan

2020 yilning 1 sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 694,2 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan.

Joriy yilning 1 sentabr holatiga O‘zbekistonda xorijdan import qilingan avtomobil benzini hajmi 90,1 mln. litrni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 87 mln. litrga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sakkiz oy mobaynida import qilingan benzinning eng ko‘p hajmi Qozog‘iston (47,7 mln. l.), Rossiya (36,5 mln. l.), Turkmaniston (5,6 mln. l.) va 232,1 ming litr bilan Qirg‘iziston Respublikasi hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ma'lumot o‘rnida, 2020 yilning 1 sentabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 694,2 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan.

Top