08:11 / 29.09.2020
3560

Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik migrantlarni moslashtirish markazi ochildi

Markazda huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish, chet tillarni o‘rganish kurslarini tashkil etish mo‘ljallangan.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish va xalqaro iqtisodiy hamkorlik masalalari departamenti, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillaridan iborat delegatsiya a'zolari Rossiyada bo‘lib turibdi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida bir qator masalalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazish va aniq kelishuvlarga erishish maqsad qilingan.

Delegatsiya a'zolari Sankt-Peterburg shahridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonasining hamda «Ishga marhamat» monomarkazining moslashtirish markazi tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

Markazda huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish, chet tillarni o‘rganish kurslarini tashkil etish, Rossiya Federatsiyasida vaqtincha mehnat faoliyati amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari huquqlarini himoya qilish, turli tadbir va seminarlar o‘tkazishga mo‘ljallangan.

Mavzuga oid
Top