11:49 / 29.09.2020
9454
Toshkent shahar IIBB tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, polkovnik Oybek Murodov Shayxontohur tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Polkovnik Oybek Murodov

Podpolkovnik Jahongir Isroilov Yunusobod tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

 

Podpolkovnik Jahongir Isroilov

Podpolkovnik Rasuljon Masharipov Mirobod tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Rasuljon Masharipov

Podpolkovnik Doniyor Isayev Yashnobod tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-tergov bo‘linmalari faoliyatini tahlil qilish bo‘linmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.  

Podpolkovnik Doniyor Isayev
Top