08:08 / 30.09.2020
3538
Angliya Liga Kubogi. Mourino ilk bor Lempard jamoasini mag‘lub etdi – «Tottenhem» 1/4 finalda

Angliya Liga Kubogining 1/8 finalida «Tottenhem» o‘z maydonida «Chelsi»ni qabul qilib, penaltilar seriyasida g‘alabani ilib ketdi. 

O‘yinning asosiy vaqtida jamoalar bittadan gol urishdi, Vernerning goliga Lamela javob berdi. Penaltilar seriyasida esa «ko‘klar» xavbeki Meyson Maunt adashdi va Mourino-Lempard qarama-qarshiligida ilk bor portugaliyalik mutaxassisning qo‘li baland keldi. Bungacha Frenk 3 marta ustozini mag‘lub etgandi.

Liga Kubogi, 1/8 final

Tottenhem – Chelsi 1:1
Penaltilar seriyasi: 5:4
29 sentabr, «Tottenhem Hotspur Stedium»
Gollar: Lamela (83) – Verner (19).

Tottenhem – Loris, Regilon, Ore, Tanganga (Keyn, 70), Dayyer, Sissoko, Ndombele, Lamela, Jyedson Fernandesh (Hyoyberg, 63), Bergveyn (Moura, 76), Alderveyreld. 

Chelsi – Mendi, Tomori, Chiluell (Emerson, 66), Zuma, Aspilikueta, Kovachich (Kante, 70), Jorjino, Maunt, Hadson-Odoi, Jiru (Abraham, 76), Verner.

Ogohlantirishlar: Kovachich (45), Ore (59), Tanganga (61), Jorjino (83).

Top