20:00 / 30.09.2020
30951
Reklama

Flash Up Energy tomonidan e'lon qilingan yutuqli aksiya nihoyasiga yetdi

2020 yil 30 avgust kuni start berilgan va 700.000 nafardan ziyod kishi ishtirok etgan «Kodni toping, jyekpotga ega bo‘ling» an'anaviy Flash Up Energy aksiyasi o‘z nihoyasiga yetdi.

Flash Up Energy yutuqli aksiyasi sabab ushbu energetik ichimlik muxlislari kafolatlangan yutuqlarga hamda qimmatbaho sovg‘alar, jumladan zamonaviy smartfonlar va videokameralar, giroskuter va simsiz kolonka hamda quloqchinlar, o‘yin pristavkalari va noutbuklar va albatta, 101 million so‘mlik jyekpotga ega bo‘lishdi.

Aksiya sayti yoki SMS orqali ro‘yxatdan o‘tkazilgan har bir kod yutish imkoniyatini oshirib boradi. G‘oliblar tasodifiy raqamlar generatori yordamida aniqlandi va bu jarayon aksiyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etildi. Barcha ishtirokchilar yutuqli o‘yinning haqqoniyligi hamda adolatli bo‘lib o‘tganiga ishonch hosil qilishi mumkin edi.

Bugun, 30 sentabr kuni, 101 million so‘mni o‘zaro bo‘lib oladigan besh nafar g‘oliblar o‘z yutuqlari bilan taqdirlanadilar.

Ne'mat: «Omadlilardan biriga aylanganimga hali hamon ishona olmayapman. Tan olishim kerakki, men har doim turli xildagi aksiya va yutuqli o‘yinlarga shubha bilan qaraganman. Bosh yutuq sohibi bo‘lish naqadar yoqimli ekanini ham tan olaman. Tashkilotchilarga ulkan tashakkurlar izhor etaman, bu haqiqatdan ham ajoyib lahzalar!»

«Flash Up Energy quvvatbaxsh ichimligining azaliy muxlisi sifatida o‘z omadimni sinab ko‘rish imkoniyatini qo‘ldan boy bergim kelmadi va har doim Sony PlayStation Pro 4 yoki o‘yin noutbukini yutib olishni orzu qildim, – deya Begzod o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. – Omad men tomonda bo‘ldi va men jyekpotga ega bo‘ldim! His-tuyg‘ularimni ifoda etishga ojizman! Endilikda men omadga ishonaman va umid qilamanki, Flash Up Energy'dan yutuqli o‘yinlar hali yana davom etadi. Va albatta, men ularda yana ishtirok etaman».

«Jyekpotni yutib olish men uchun kutilmagan hodisa bo‘ldi, sababi men kodni kafolatlangan sovrinni yutib olish uchungina ro‘yxatdan o‘tkazishni sinab ko‘rgan edim. Endilikda men va mening do‘stlarim bunday aksiyalarda g‘olib bo‘lish va hatto eng qimmatbaho sovg‘alarni yutib olish imkoniyatiga ishonamiz! Flash Up Energy sabab bu yil men uchun albatta esda qolarli bo‘lib qoladi! Superaksiya va zo‘r sovg‘alar uchun tashakkur!» – deydi G‘ayrat.

«Mening ismim Dilmurod, men Toshkent shahrida yashayman. Men uchun bu yutuqni qo‘lga kiritish – farzandlarimga sifatli ta'lim berish imkoniyati demakdir. Men Flash Upni juda xush ko‘raman va har doim uni iste'mol qilib yuraman, bu yil esa ichimlikning yangi ta'mlariga alohida e'tibor qaratdim. Ayniqsa, «Rezavorlar aralashmasi» ta'mi menga juda ma'qul keldi. Biz do‘stlarim bilan o‘tgan yilgi o‘yinlarida ham qatnashgan edik. Do‘stim Samsung A50 yutib olgan edi. G‘alabamni oilam davrasida ziyofat qilib nishonlayman».

«Jyekpotni yutib olganimni bilganimda hayratda qoldim. Butun aksiya davomida g‘olib bo‘lish istagida hayajon bilan o‘tkazdim va natijada, niyatimga erishdim! Omad mendan yuz o‘girmadi va men juda ham baxtliman. Sabrsizlik bilan yangi aksiyada ishtirok etish uchun kelgusi yilni kutaman», – deydi Dilmurod.

Keyingi safar har birimiz Flash Up Energy* yutuqli aksiyasi g‘olibi bo‘lishimiz mumkin. Brend yangiliklarini kuzatishda davom etamiz.

*- 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homiladorlar va emizikli ayollar, shuningdek yuqori asab qo‘zg‘aluvchanlikka ega, uyqusizlikdan aziyat chekuvchi, arterial gipertenziyasi bor shaxslarga tavsiya etilmaydi. Kuniga 1 ta qadoqdan ko‘p ichmaslik tavsiya etiladi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top