15:37 / 30.09.2020
10517

Kuvaytning yangi hukmdori taxtga rasman o‘tirdi

83 yoshli shayx Navof al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 91 yoshida vafot etgan shayx Saboh al-Ahmad Ol-Saboh o‘rnini egalladi.

Foto: AP Photo / Nasser Waggi

Kuvaytning merosxo‘r shahzodasi shayx Navof al-Ahmad al-Jobir as-Saboh qasamyod qildi va mamlakatning yangi amiriga aylandi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar berdi.

 Qasamyod marosimi mamlakat parlamentida bo‘lib o‘tdi.

 83 yoshli shayx Navof al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 91 yoshida vafot etgan shayx Saboh al-Ahmad Ol-Saboh o‘rnini egalladi.

 Kuvaytda 40 kunlik milliy motam e'lon qilingan.

 Kuvaytning avvalgi hukmdori AQShda vafot etdi. U operatsiyadan so‘ng reabilitatsiyada edi. 

 

Top