09:35 / 30.09.2020
2273

«O‘zbekinvest» mahalliy eksportchilarni qo‘llab-quvvatlamoqda

Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning eksport salohiyatini kengaytirish bilan bir qatorda, eksportchilar mahsulotlarini eksport qilishda o‘z tovarlari uchun o‘z vaqtida va kafolatlangan to‘lovlarni amalga oshirish muammosiga duch kelishadi. Ayniqsa, ushbu xavf COVID-19 pandemiyasi oqibatida barcha mamlakatlar tomonidan qo‘yilgan cheklovlar sababli chet ellik sheriklar o‘z faoliyatini to‘xtatib turishida namoyon bo‘ldi.

Bunday hollarda, eksportchi yuzaga kelgan zararlarning oldini olish, ularni qoplash kafolatini qayerdan va qanday olishi mumkin?

Moliyaviy yo‘qotishlardan zararlarni (shu jumladan, xorijiy hamkorlardan vaqtida to‘lov amalga oshirilmaslik hollarida) qoplash kafolatini sug‘urta kompaniyasi ta'minlaydi. Sug‘urta shartnomasini tuzish orqali, eksportchi o‘ziga yetkazilgan zararni qoplash uchun sug‘urta kompaniyasidan kafolat oladi.

Yorqin misol sifatida, bir necha yillardan buyon Samarqand viloyatining OOO «UrgGaz Carpet» korxonasi muntazam ravishda to‘qimachilik mahsulotlarini kechiktirilgan to‘lov sharti bilan «O‘zbekinvest» sug‘urta polisini kafolati asosida chet elga jo‘natgan. 2019 yil sentabr oyida «UrgGaz Carpet» MChJ Qozog‘istondagi hamkoriga 108,0 ming AQSh dollari miqdoridagi mahsulotning yana bir bosqichini jo‘natdi, ammo xaridor tomonidan eksport shartnomasi bo‘yicha to‘lov kelib tushmadi.

«UrgGaz Carpet» MChJ o‘z hisobiga kelib tushmagan chet el valutasidagi daromad miqdorida sug‘urta tovon puli undirish to‘g‘risida «O‘zbekinvest»ga murojaat qildi. Chet ellik importyor tomonidan to‘lovni to‘lamaslik xavfidan eksport shartnomasi bo‘yicha tuzilgan sug‘urta shartnomasi doirasida «O‘zbekinvest» eksportyorning zararini qoplash uchun 1 milliard so‘m (108,0 ming AQSh dollari ekvivalentida) miqdorida tovon puli to‘ladi.

Chet ellik hamkor bilan ishlashga mas'uliyat bilan yondashgan «UrgGaz Carpet» MChJ o‘z zararini 100% qopladi va mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilishda o‘z faoliyatini ishonchli davom ettirishi mumkin.

«O‘zbekinvest» kompaniyasida eksport xavfini sug‘urtalagan eksportchilar mumkin bo‘lgan zararlar uchun tovon kafolatini olishadi va o‘z mahsulotlarini ishonchli ravishda eksport qilishlari mumkin.

2020 yilning 8 oyi yakunlari bo‘yicha «O‘zbekinvest» milliy eksportchilarga jami 906,4 million AQSh dollarini sug‘urta qoplamasi bilan ta'minladi. «O‘zbekinvest» o‘z mijozlari oldida barcha sug‘urta turlari bo‘yicha o‘z majburiyatlarini qat'iy bajarishda davom etadi.

«O‘zbekinvest» EISK AJ Matbuot xizmati

Top