22:23 / 30.09.2020
2471
Shavkat Mirziyoyev: «OAV bilan muloqot qilmagan rahbarlarning kelajagi bo‘lmaydi»

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylarga bayram tabrigi va murojaatida so‘z erkinligi masalasiga ham to‘xtaldi.

«Xalq ovozi ularni [hokimlarni] sergak bo‘lishga, sergak yurishga, sergak ishlashga, har bir gapini o‘ylab gapirishga majbur qilishi kerak. O‘zbekiston hozir ochiq, oldingidek yopib qo‘yishga ilojimiz yo‘q. Chegaralarni yopmaymiz endi. Internet yopilmaydi. Ommaviy axborot vositalariga yana bir marta minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ular bilan muloqot qilmagan rahbarlarning kelajagi bo‘lmaydi.

Katta sinovlardan o‘tyapmiz, ayrimlar ommaviy axborot vositalarining savollariga chidamayapti, ommaviy axborot muhitini yaratishni, adolat ovozini eshitishni xohlamayapti. Lekin majbur bo‘ladi. Yoki xayrlashamiz», – dedi davlat rahbari.

Top