16:38 / 30.09.2020
6904
Yevroittifoq AQSh bilan savdo urushini boshlash huquqiga ega bo‘ldi

O‘tgan yili JST Vashingtonga Yevropaning qiymati 7,5 milliard dollarlik mahsulotlariga boj kiritish imkoniyatini bergandi.

Foto: AFP

Jahon savdo tashkiloti (JST) Boeing aviazavodiga AQSh tomonidan imtiyozlar berilishi holatini e'tirof etdi va YeIga Amerikaning qiymati to‘rt milliard dollarlik mahsulotlariga nisbatan savdo bojlarini kiritishga ruxsat berdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Reuters xabar bermoqda.

 Shu tarzda Yevropa hukumatlari Airbus kompaniyasiga nisbatan chiqarilgan qarorga javob qaytarish va AQSh bilan savdo urushi boshlash huquqiga ega bo‘ldi. O‘tgan yili JST Vashingtonga Yevropaning qiymati 7,5 milliard dollarlik mahsulotlariga boj kiritish imkoniyatini bergandi.

 Boeing va Airbus kompaniyalariga imtiyozlar berilgani borasidagi bahs 16 yil davom etdi. Bu tarixdagi eng yirik korporativ to‘qnashuv bo‘ldi.

 JST qarori rasman bir necha hafta ichida e'lon qilinishi kerak. Ammo qayd etilishicha, Bryussel AQShda 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovga qadar faollik ko‘rsatmaydi.

Shu bilan birga, har ikki tomon manbalari o‘z g‘alabalari haqida gapirmoqda. AQSh uchun boj kiritiladigan mahsulotlar hajmidagi farq qariyb ikki baravar ekanligi g‘alaba deb baholanmoqda.

Top