08:11 / 30.09.2020
5782
Yunusobodda YTH oqibatida bir yo‘lovchi vafot etdi, 6 kishi jarohatlandi

Yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha tergovoldi tekshiruv davom etmoqda.

Toshkent shahri Yunusobod tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi haqida internetda xabarlar tarqaldi. Poytaxt IIBB holat bo‘yicha ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, 28 sentabr kuni taxminan soat 22:30da Bog‘ishamol ko‘chasida (Metro kafesining ro‘parasida) Toshkent viloyatida yashovchi, 29 yoshli Dmitriy B. Spark rusumli avtomobilni boshqarish davomida, hozirgi taxminlarga ko‘ra, qarama-qarshi harakat yo‘liga chiqib, 22 yoshli T.A. boshqaruvidagi Hyundai Tucson avtomobili bilan to‘qnashgan.   


 
To‘qnashuv natijasida Spark avtomobili haydovchisi, uning yo‘lovchilari bo‘lmish 30 yoshli Sergey B., 30 yoshli erkak (shaxsi aniqlanmoqda) va 35 yoshli Marat B, Hyundai Tucson haydovchisi va uning yo‘lovchisi, 26 yoshli Yunus T. badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazildi. Shifoxonaga borish davomida Sergey B. hayotdan ko‘z yumgan.

Yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha tergovoldi tekshiruv davom etmoqda.

Top