00:31 / 01.10.2020
3271
AQSh Suriyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Foto: Reuters

AQSh Suriyaning bir qator fuqarolari va 13 ta tashkiloti, jumladan Suriya turizm saytiga qarshi sanksiyalar kiritdi. 

Sanksiyalar ostiga bir nechta turistik va qurilish kompaniyalari, Suriyaning 6 nafar fuqarosi, jumladan Suriya armiyasi 5-korpusi qo‘mondoni Milod Jadid tushgan.

Specially Designated Nationals And Blocked Persons List (SDN) deb nomlangan ushbu sanksiyalar ro‘yxati xorijiy davlatlar nomidan AQShga qarshi harakat qiluvchi shaxslar va kompaniyalar ro‘yxati hisoblanadi. Ushbu ro‘yxatga tushganlarning hisobraqamlari muzlatiladi, ularga AQShga kirish man etiladi, amerikaliklarga esa ular bilan faoliyat olib borish taqiqlanadi.

Iyul oxirida AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalar kengaytirilishini ma'lum qilgandi. Unga ko‘ra, taqiqlangan kishilar ro‘yxatiga Suriya prezidenti Bashar Asadning 19 yoshli katta o‘g‘li Hofiz Asad va uning amakivachchasi Zuhayr Tovfiq Asad kirgan.

Top