09:08 / 01.10.2020
22472

Britaniyalik taniqli jarroh uyida minglab odam suyaklari topildi

Foto: The Independent

Siyosatchilar, sportchilar va taniqli shaxslarni davolagan britaniyalik taniqli jarroh Derek Makminn yashirincha tarzda odam suyaklarini yig‘ish bilan shug‘ullangan. Makminn bu “xobbisi”ni pensiyada aql teranligini saqlab qolish uchun suyaklarni o‘rganmoqchi bo‘lgani bilan tushuntirgan.

Shifokor o‘z “kolleksiyasi”ni 1990-yillar boshidan to‘plab kelgan. U tos-son bo‘g‘imlarini protezlash vaqtida bemorlardan olingan suyaklarni ularning ruxsatisiz yig‘ib kelgan. Shifokor ishlagan Birmingemdagi shifoxona xodimlari Makminning noodatiy xobbisidan xabardor bo‘lishgan va hattoki unga bunda ko‘mak ko‘rsatishgan. Ulardan ba'zilari olib tashlangan suyaklarni maxsus idishlarga joylashtirishda yordam bergan. So‘ngra bu idishlarni jarrohning yordamchilari olib ketgan.

Makminn 2019 yilda o‘zining “qiziqishi” haqida shifoxona rahbariyatini voqif qilgan. Shifoxona xodimlarining ta'kidlashicha, o‘shanda buni ovoza qilmaslikka qaror qilingan, chunki Makminn shifoxonaga katta daromad keltirgan.

Politsiya shifokorga nisbatan tergov boshladi. Makminnda inson a'zolarini saqlash uchun rasmiy ruxsatnoma bo‘lmagani sababli u inson to‘qimalari haqidagi qonunni buzishda gumon qilinmoqda.

Mavzuga oid
Top