22:02 / 01.10.2020
4685
Chempionlar Ligasida o‘tgan mavsumning eng yaxshilari aniqlandi

Yevropa Chempionlar Ligasida 2019/20 yilgi mavsumning eng yaxshilari aniqlandi. 

Asosiy sovrinlar o‘tgan mavsumda Yevropada trebl qayd etgan «Bavariya» a'zolariga nasib etdi. Eng yaxshi futbolchi deb hujumchi Robert Levandovski e'tirof etilgan bo‘lsa, eng yaxshi murabbiy sovrini Hans-Diter Flikka nasib etdi.

UYeFA prezidenti sovrini – Dide Drogba

Eng yaxshi darvozabon – Manuel Noyyer («Bavariya»)

Eng yaxshi himoyachi – Yozua Kimmix («Bavariya»)

Eng yaxshi yarimhimoyachi – Kevin de Bryuyne («Manchester Siti»)

Eng yaxshi hujumchi – Robert Levandovski («Bavariya»)

Eng yaxshi murabbiy – Hans-Diter Flik («Bavariya»)

Eng yaxshi futbolchi – Robert Levandovski («Bavariya»).

Top