00:38 / 01.10.2020
8134
OChL. «Paxtakor» Eron chempioniga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etdi

Osiyo Chempionlar Ligasining chorakfinalida O‘zbekiston chempioni «Paxtakor» Eron chempioni «Persepolis» bilan to‘qnash keldi. «Sherlar» o‘yinning 15-daqiqasidayoq kamchilikda qolishdi – Jaloliddin Masharipov raqibining oyog‘iga xavfli zarba bergani uchun maydondan chetlatildi. Son jihatdan ustun bo‘lgan «Persepolis» Al-Kasirning dubli evaziga yarimfinalga yo‘llanma oldi.

Forslar yarimfinalda Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi bilan bellashishadi.

OChL, 1/4 final

Persepolis – Paxtakor 2:0
30 sentabr, Doha, «Jassim bin Hamad»
Gollar: Al-Kasir (50, 66). 

Persepolis – 81.Hamid Lak, 3.Shojaye Halilzoda, 5.Bashar Resan (2.Omid Alishah, 67), 6.Hussayin Kan'oni, 8.Ahmad Nurullohi (66.Milad Sarlak, 76), 11.Kamoliddin Kamyabinia, 14.Ehson Pahlavon (17.Mehdi Shiri, 76), 19.Vohid Amiri, 72.Iso Al-Kasir (16.Mehdi Abdi, 87), 77.Said Og‘ayi, 88.Siamak Ne'mati.

Paxtakor – 25.Eldor Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov (21.Abror Ismoilov, 90+1), 5.Anzur Ismoilov, 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Dragan Cheran, 15.Yegor Krimets (23.Sherzod A'zamov, 90+1), 17.Doston Hamdamov (18.Hojimat Erkinov, 73), 20.Odiljon Hamrobekov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev, 34.Farruh Sayfiyev (4.Akrom Komilov, 73), 77.Eren Derdiyo‘q (11. Igor Sergeyev, 73).

Chetlatish: Jaloliddin Masharipov (15).

Top