14:26 / 02.10.2020
11283

Dam olish kunlari tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin 

Harorat iqlimiy me'yorlarga yaqin bo‘lib, kechasi 5-10 daraja, kunduzi 22-25 daraja atrofida saqlanib turadi.

Dam olish kunlari butun mamlakat hududida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, kuchsiz shamol esadi. 

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlari tog‘li tumanlarida 2-3 oktyabrda ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarda yomg‘ir qorga o‘tishi mumkin.

3 oktyabrda ertalab va kechqurun tuman tushishi mumkin.

Harorat iqlimiy me'yorlarga yaqin bo‘lib, kechasi 5-10 daraja, kunduzi 22-25 daraja atrofida saqlanib turadi.

Top