23:58 / 02.10.2020
24662

OAVda Tramp ahvoli yomonlashgani ma'lum qilindi

Koronavirusga chalingan AQSh prezidenti Donald Trampning ahvoli yomonlashib, unda yo‘tal paydo bo‘lgan va tana harorati ko‘tarilgan. Bu haqda Vanity Fair nashri xabar berdi. 

Foto: Reuters

Buni xabar qilgan muxbirning ta'kidlashicha, unga bu haqidagi axborotni “Oq uy bilan yaqin aloqada bo‘lgan” ikki respublikachi ma'lum qilgan.

“Melaniyaga kelsak, unda virus alomatlari yo‘q”, deb qo‘shimcha qilgan jurnalist.

Respublikachilar partiyasi a'zolaridan birining ta'kidlashicha, prezident ma'muriyatida 74 yoshli Trampning sog‘lig‘idan xavotirlanishmoqda.

2 oktabr ertalab AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zi va rafiqasi Melaniya Tramp koronavirusga chalinganini ma'lum qilgan. Trampning shifokori prezident va birinchi xonim o‘zlarini yaxshi his qilayotganlarini, ular Oq uyda qolib, o‘z majburiyatlarini bajarishni davom ettirishlarini ma'lum qilgandi. O‘z navbatida Melaniya Tramp barcha rejalashtirilgan uchrashuvlar bekor qilinishini, u prezident bilan birga karantinga ketishlarini ma'lum qilgan. 

Bundan avvalroq Trampga oxirgi kunlardagi tadbirlarda hamrohlik qilgan maslahatchilaridan biri Xoup Xiks koronavirus yuqtirib olgani ma'lum bo‘lgan. Shundan keyin AQSh prezidenti rafiqasi bilan koronavirusga tahlil topshirgan. Baxtga qarshi ular topshirgan test natijalari musbat chiqqan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top