21:21 / 02.10.2020
8273
Trampda koronavirus qanday kechayotgani ma'lum qilindi

Koronavirusga chalingan AQSh prezidenti Donald Trampda kasallik oddiy shamollashdagi kabi simptomlar bilan kechmoqda. Bu haqda The New York Times nashriga vaziyatdan xabardor manbalar xabar qilgan.

Foto: Reuters

Manbalarning ta'kidlashicha, Tramp koronavirus chaqiruvchi kasallikni yengil shaklda o‘tkazmoqda. Ma'lum qilinishicha, AQSh prezidenti 1 oktyabrda Bedminsterda (Nyu-Jyersi shtati) tarafdorlari bilan uchrashuvda lanj ko‘ringan. Tramp u yerda o‘nlab odamlar bilan muloqot qilgan.

AQSh prezidenti koronavirusga chalingani haqida 2 oktabr ertalab ma'lum bo‘lgan. Uning rafiqasi Melaniya Trampda ham koronavirus aniqlangan. Oq uy shikofori Shon Konlining aytishicha, Tramp va uning rafiqasi o‘zlarini yaxshi his qilishmoqda va davolanish vaqtida Oq uyda qolishmoqchi. Tramp o‘z vakolatlarini hozircha vitse-prezident Mayk Pensga berishga shoshilmayapti.

Top