12:47 / 02.10.2020
6670
Ventilyatsiya tizimida zarur bo‘lgan yelimli izolyatsiyalar O‘zbekistonda!
Foto: Izobubble

O‘zbekistonda 2017 yildan beri faoliyat olib borayotgan Izobubble MChJ ekologik toza, yuqori sifatli izolyatsiya materiallarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqda. Zamonaviy texnika vositalari yordamida ishlab chiqariluvchi issiqlik izolyatsiyalari ko‘p bosqichli sifat nazoratidan o‘tadi va foydalanishga topshiriladi.

Teploizolyatsiya (issiqlik izolyatsiyasi) – uylarda maksimal qulay mikroiqlimni yaratish, tashqaridan kiruvchi issiqlikni saqlash va ichki muhitdagi issiqlikni yo‘qolishini oldini olishda keng qo‘llaniluvchi materialdir. Shuningdek, kompaniya yuqori sifatga javob beruvchi yelimli izolyatsiya qoplamalarini ham taqdim etadi.

IZOBUBBLE-PPI PLK-PFK (polietilen laminirovannyy kleyashchayasya) yoki IZOBUBBLE- PFK (polietilen folgirovannyy kleyashchayasya) yelimli izolyatsiya qoplamalari -  universal qurilish vositasi bo‘lib, issiqlik va shovqin izolyatsiyasida foydalaniladi. Yelimli izolyatsiyalarning qalinligi hozirgi kunda 2 millimetrdan 50 millimetrni (kengligi – 100 mm.) tashkil etib, asosan qurilish sohasida, jumladan, ventilyatsiya tizimlarini o‘rnatish jarayonida kerakli bo‘lgan qoplama hisoblanadi.

O‘zining maxsus yopishqoq tayanchiga ega ushbu standart qoplama havo o‘tkazuvchi kanallar, quvurlar yoki boshqa yuzaliklarga o‘rnatish uchun ishlatiladi. Ushbu turdagi qoplama yopishqoq qatlam bilan qoplangan bo‘lib, har qanday sirtqi qismga tez va oson o‘rnatiladi.  

Mahsulotning asosiy xususiyatlari quyidagicha:

  • Issiqlik izolyatsiyasining yuqori darajasi;
  • Bug‘ va gidroizolyatsiyaning yuqori ko‘rsatkichi;
  • Shovqin yutishning mukammal ko‘rsatkichi;
  • Tarkibida freonning mavjud emasligi;
  • Qurilish materiallari (sement, beton, gips)ga kimyoviy chidamlilik;
  • Uzoq muddatgacha mustahkamlik;
  • Namlik o‘tishida yuqori himoya;
  • Montaj jarayonidagi texnologik va qulay o‘rnatish xususiyati va boshqalar.

Izobubble yelimli izolyatsiya qoplamalari xonadon va katta obektlar qurilishida va ventilyatsiya tizimlarini o‘rnatishda sizlarga asosiy yordamchi material sifatida xizmat qiladi. Mahsulot nafaqat Toshkent hududi, balki Navoiy viloyatida ham ishlab chiqarilmoqda. Shunday ekan, ventilyatsiya tizimlarini o‘rnatuvchi kompaniyalar, qurilish korxonalari hamkorlik uchun kompaniyaning Navoiy viloyatidagi filialiga ham murojaat etishlari mumkin.

Mahsulotlar turlari va kompaniya haqida qo‘shimcha ma'lumotlarni quyidagi sayt orqali olish mumkin: http://izobubble.uz/ru

 

Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 74 uy.

Murojaat uchun: +998 90 905 04 89

Telegram: t.me/izobubblekanal

Instagram: instagram.com/izobubble.uz1

Reklama huquqi asosida

Top