08:28 / 03.10.2020
10947
Alfraganus – Markaziy Osiyodagi eng yirik ochiq osmon ostidagi savdo mavzesi

Bizning Uylar kompaniyasi sifatli savdo ko‘chmas mulkining yangi formati –Alfraganus savdo mavzesini taqdim etadi. Loyihaning nomi buyuk astronom, matematik va geograf Ahmad al-Farg‘oniy ismidan olingan. Al-Farg‘oniyning ilmiy asarlari uning nomini abadiylashtirdi va butun dunyoda shuhrat qozondi. Yevropada buyuk olimni Alfraganus deya atashgan.

Bizning Uylar kompaniyasining yangi ko‘p funksiyali loyihasi poytaxtning Mirobod tumanida Farg‘ona yo‘li va Qo‘shko‘prik ko‘chalari o‘rtasida joylashgan. Bu yerdagi 118.000 kvadrat metr maydonda an'anaviy sharqona bozor kayfiyatini jam qilgan, zamonaviy ko‘rinishga ega Alfraganus savdo mavzesi bunyod etiladi.

Unda savdo markazining muhim jihatlari ko‘ngilochar va dam olish joylari bilan uyg‘unlashtirilgan. Bu esa uni oilaviy dam olish va xaridlarning ideal maskaniga aylantiradi. Obekt formati sifatida 1, 2 qavatli ochiq va yarim ochiq binolarga ega keng ko‘lamli savdo maydoni tanlandi.

Ochiq osmon ostidagi tijorat ko‘chmas mulkning ushbu shakli aholining aksariyat qismiga yaxshi tanish va shu bilan birga zamonaviy ko‘p qavatli savdo markazlariga raqobatchi bo‘ladi.

Alfraganus dam olish va savdo sektorlari:

  • Katta do‘konlar – ular tashrif buyuruvchilarning asosiy trafikini jalb qilish va shakllantirish uchun mo‘ljallangan. Odatda, bu savdo tarmoqlarining eng yirik shakllari: supermarketlar, universal do‘konlar, taniqli va ommaviy bozor kiyimlari brendlari, texnika do‘konlari va boshqalar.
  • Tarmoq do‘konlari – eng yirik tijorat sektoridir. U butun loyiha maydonining 60% gacha bo‘lgan qismini tashkil etadi. Bu butiklar, kiyim-kechak va poyafzal do‘konlari, kosmetika va parfyumeriya, optika, professional mahsulotlar, kitoblar, kanstovarlar, dorixonalarni va boshqalarni ochish uchun eng mos format. Ushbu toifadagi binolarni go‘zallik salonlari, spa salonlar va boshqalarga mo‘ljallangan.
  • Premium savdo zonasi – taniqli brend kiyim-kechak butiklari, zargarlik do‘konlari, sovg‘alar do‘konlari va boshqalar.
  • Kafe va Restoranlar (F&B) – savdo hududi turli xil ovqatlanish shoxobchalarini tashkil qilish hamda umumiy ovqatlanish maskanlari va nomdor restoranlar uchun katta joyni taklif qiladi.
  • Bolalar hududi – ushbu sektor asosan bolalar uchun mahsulotlar do‘konlari, o‘yinchoqlar do‘konlari, kiyim-kechaklar, bolalarni rivojlanishi uchun mo‘ljallangan mahsulot va boshqalar.
  • Dam olish va ko‘ngilochar – faol dam olish va ekstrimni yoqiradiganlar uchun bouling, kvest-xonalar, o‘yin avtomatlari, alpinizm bilan shug‘ullanish uchun yopiq zonalar, lazertag va boshqalar.

Mavzening markaziy maydoni – maishiy hayotning qaynoq maskani, uchrashuvlar va suhbatlar, vaqtni chog‘ o‘tkazish uchun ajoyib maskan. Butun hudud bo‘ylab ko‘kalamzorlashtirilgan, ko‘p yillik o‘simliklar ekiladi, landshaft dizayn yaratiladi. Shuningdek, piyodalar harakatlanishi uchun minglab metr yo‘lak, sayr yo‘laklari, o‘rindiqlar, art-obektlar, favvora, skeyt-park, veloyo‘lak va boshqalar barpo etiladi. Tashrif buyuruvchilar avtomobillari uchun keng avtoturargoh loyihalangan.

Alfraganus ulkan hajmi sabab Markaziy Osiyodagi eng yirik ochiq osmon ostidagi savdo mavzesiga aylanadi. Savdo joylarining ko‘cha formati dunyoning ko‘plab shaharlarida o‘zining muvaffaqiyati va mashhurligini bir necha bor isbotladi. Alfraganus – zamonaviy me'moriy yechimlar bilan an'anaviy sharq bozori elementlarining o‘ziga xos uyg‘unlashuvidir.

Yaqin orada kompaniya Alfraganus loyihasining savdo joylari sotuvi boshlanishini e'lon qiladi. Knight Frank mutaxassislari fikriga ko‘ra, mazkur loyihani foydalanishga topshirish vaqtida kapitallashuvi 30% ga yetadi.

Loyiha haqida batafsil ma'lumot olish uchun telefon:

Sayt: newproject.bizninguylar.uz

Instagram: @bizninguylar

Telegram: t.me/bizninguylar

Facebook: fb.com/bizninguylar

Reklama huquqi asosida

Top