08:55 / 03.10.2020
9083

Belgiya sobiq qirolining nikohsiz tug‘ilgan qizi sud orqali malika unvoniga erishdi 

Bungacha Delfina Boel Albert II bilan yetti yil sudlashgan, sababi u otalikni tan olmagan.

Foto: Getty Images

Belgiyaning taxtdan voz kechgan qiroli Albert IIning noqonuniy qizi, 52 yoshli rassom Delfina Boel sud orqali malika unvoniga ega bo‘lish huquqini oldi. Bu haqda Belgiyaning VRT nashri xabar bermoqda

Sud qarori bilan Boel otasi, Albert Saksen-Koburg-Gotsk familiyasini olish huquqiga ega bo‘ldi, shuningdek, unga «Hazrati oliyalari» faxriy unvoni bilan murojaat qilishlari kerak. Endi rassom sobiq qirol merosining sakkizdan bir qismini talab qilishi mumkin, u rasmiy ravishda 12,4 million yevroga baholangan. VTR’ning ta'kidlashicha, Boelning o‘g‘li va qizi ham shahzoda hamda malika unvonlariga ega bo‘ladi.

Albert II 2013 yil 21 iyulda taxtdan voz kechdi. O‘shanda u qonuniy daxlsizligini yo‘qotdi, shuning uchun Boel otalikni tan olishni talab qilib, unga qarshi sudga murojaat qildi. Uning onasi, baronessa Sibill de Selis Longsham Albert II bilan taxminan 18 yil davomida aloqada bo‘lganligini iddao etgan, Albert II qirol bo‘lishidan oldin ular ajralib ketgan.

2019 yilda sud qarori bilan Albert II otaligini tasdiqlagan DNK tahlilini topshirdi. U sud kunlik besh ming yevro miqdoridagi jarima bilan tahdid qilgandan keyingina test topshirishga rozi bo‘ldi. Otalik tan olinganidan so‘ng, sobiq qirol Boel tug‘ilgan paytdan boshlab u uni tarbiyalashda ishtirok etmaganligini, lekin ota va qiz sifatida ular o‘rtasida mavjud bo‘lgan munosabatni hurmat qilganligini aytdi. 

Mavzuga oid
Top