16:57 / 03.10.2020
15964

«MYu» - Mourino, «Barsa» - «Sevilya», «Yuve» «Napoli»ga qarshi. Hafta o‘yinlari anonsi

Ushbu haftaning dam olish kunlarida ham muxlislarni ajoyib qarama-qarshiliklar kutib turibdi. Angliyada Sulsher - Mourino «jangi» kuzatilsa, Ispaniyada «Barselona» - «Sevilya» to‘qnashuvi, Italiyada esa azaliy raqiblar «Yuventus» - «Napoli» o‘yini kutilmoqda. Rossiyada esa mavsumning eng muhim to‘qnashuvi kuzatiladi.

ANGLIYa

Tumanli Albionda tur uchrashuvlari shanba kuni «Stemford Brij»dagi «Chelsi» - «Kristal Pelas» to‘qnashuvi bilan start oladi. APL doirasidagi dastlabki uch o‘yinda uch xil natija qayd etgan Frenk Lempard shogirdlarini «Kristal Pelas»ga qarshi og‘ir bahs kutib turibdi. Shuningdek, turnir peshqadamlaridan biri «Everton» «Brayton»ni qabul qilsa, Marselo Belsa boshqaruvidagi «Lids» Gvardiola qo‘l ostidagi «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushadi.

 Turning markaziy uchrashuvi yakshanba kuni «Old Trafford»da kuzatiladi. «Manchester Yunayted» jamoasi Mourinoning «Tottenhem» klubiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu to‘qnashuv oldidan Sulsher va Joze o‘rtasida dahanaki jang boshlangani o‘yinga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.

 Tur bahslariga yakun yasab beruvchi «Aston Villa» – «Liverpul» uchrashuvi ham bu safar o‘ziga xos o‘tsa ajab emas. Ikki klub ham turnir jadvalida to‘rtlikdan joy olgani jamoalarning hozirgi sport formasi yuqori ekanligini anglatadi.

 Angliya Premer-ligasi. 4-tur

3 oktabr (shanba)

16:30. Chelsi - Kristal Pelas

19:00. Everton - Brayton           

21:30. Lids - Manchester Siti      

00:00. Nyukasl - Bernli           

4 oktabr (yakshanba)

16:00. Lester - Vest Hem   

16:00. Sauthempton - Vest Bromvich

18:00. Arsenal - Sheffild Yunayted 

18:00. Vulverhempton – Fulhem

20:30. Man Yunayted - Tottenhem  

23:15. Aston Villa – Liverpul.

ISPANIYa

 Primerada ham qiziqarli uchrashuvlar talaygina. Oxirgi bahsda ochko yo‘qotgan «Atletiko» bu safar o‘z maydonida «Vilyarreal»ga qarshi maydonga tushsa, yakshanba kungi bahsda «Real» «Levante» mehmoni bo‘ladi.

Turning markaziy uchrashuvi «Kamp Nou»da o‘tkaziladi. «Barselona» «Sevilya»ga qarshi saf tortadi. Turnir jadvalida bir xil ochko bilan 5-6-o‘rinlarni egallab turgan jamoalar o‘rtasidagi o‘yinda ikki tomonga ham oson bo‘lmaydi. Xulen Lopetegi boshchiligidagi andalusiyaliklar oxirgi 8 o‘yindan 7tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, «Barsa» ham so‘nggi 8 o‘yindan 7tasida g‘alaba qozongan. Bu safargi g‘olib turnir jadvalida uchlikka qaytishi mumkin.

 Ispaniya La Ligasi. 5-tur

3 oktabr (shanba)

16:00. Valyadolid – Eybar  

19:00. Atletiko – Vilyarreal     

21:30. Elche – Ueska      

21:30. Real Sosedad – Xetafe     

00:00. Valensiya – Betis

4 oktabr (yakshanba)

15:00. Osasuna – Selta

17:00. Alaves – Atletik

19:00. Levante – Real Madrid    

21:30. Kadis – Granada

00:00. Barselona – Sevilya

ITALIYa

 Eldor Shomurodovning Apenin yarimorolida faoliyat boshlashi O‘zbekistonda A Seriyaga bo‘lgan qiziqishni karrasiga oshiradi. Ammo bu turda Shomurodovning debyutini kuzata olmaymiz. «Jyenoa» safida koronavirusga bog‘liq vaziyat jiddiyligi sababli jamoaning «Torino»ga qarshi o‘yini qoldirilgan.

 Tur doirasidagi markaziy o‘yinlar Rim va Turinda kuzatiladi. «Latsio» «Inter»ga qarshi maydonga tushsa, «Yuventus» «Napoli»ga qarshi saf tortadi. Bu bahslardan keyin A Seriya turnir jadvali peshqadamlari safida o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin.

 Italiya A Seriyasi. 3-tur

2 oktabr (juma)

Fiorentina - Sampdoriya 1:2

3 oktabr (shanba)

18:00. Sassuolo – Krotone

21:00. Jyenoa – Torino (qoldirilgan)

23:45. Udineze - Roma 

 4 oktabr (yakshanba)

15:30. Atalanta - Kalyari           

18:00. Parma – Verona

18:00. Latsio – Inter

18:00. Benevento – Bolonya

21:00. Milan – Spetsiya

23:45. Yuventus – Napoli

BUNDeSLIGA

 Germaniyada turning markaziy bahsini nomdorligi jihatdan «Leypsig» va «Shalke» o‘rtasidagi o‘yin sifatida ko‘rsatish mumkin edi, ammo Gelzenkirxen klubi so‘nggi marta o‘tgan mavsumning o‘rtalarida g‘alaba qozonib, o‘shandan buyon o‘ziga o‘xshamayapti. Klub bosh murabbiy Vagner o‘rniga Manuel Baumni taklif etdi, u esa jamoani jarlikdan qutqarib qolishga intilmoqda. «Leypsig» bilan o‘yin Baum uchun navbatdagi sinov bo‘ladi.

 O‘tgan tur va Superkubokdagi mag‘lubiyatdan keyin «Borussiya» bu safar «Frayburg»ni mag‘lub etish uchun kurashsa, «Bavariya» «Hoffenhaym»dan qabul qilingan qaqshatqich zarba alamini «Herta»dan olishga intiladi.

 Germaniya Bundesligasi. 3-tur

2 oktabr (juma)

Union Berlin – Mayns – 4:0   

3 oktabr (shanba)

18:30. Shtutgart - Bayyer        

18:30. Keln - Borussiya M

18:30. Verder – Arminiya

18:30. Borussiya D - Frayburg       

18:30. Ayntraxt F - Hoffenhaym 

21:30. Leypsig - Shalke        

4 oktabr (yakshanba)

18:30. Volfsburg – Augsburg

21:00. Bavariya – Herta

FRANsIYa

Fransiyada tur doirasidagi markaziy bahs «Lion» va «Marsel» o‘rtasida kechadi. Azaliy raqiblar ayni damda turnir ekvatoridan joy olgan bo‘lishsa-da, bu yakshanba oqshomidagi to‘qnashuvning darajasiga ta'sir qilolmaydi.

 Fransiya chempionati. 6-tur

 2 oktabr (juma)

PSJ – Anjye 6:1.

3 oktabr (shanba)

20:00. Lans - Sent-Eten

00:00. Nitssa – Nant

 4 oktabr (yakshanba)

16:00. Monpele - Nim    

18:00. Bordo – Dijon

18:00. Brest – Monako

18:00. Mets - Loryan    

18:00. Strasbur – Lill

20:00. Renn - Reyms         

00:00. Lion - Marsel    

ROSSIYa

 Eldor Shomurodov «Rostov» safini tark etgan bo‘lsa-da, Rossiya Premer-ligasida biz kuzatib boradigan yana bir futbolchi bor. Bu turdagi markaziy o‘yin ham aynan Oston O‘runov to‘p suradigan «Spartak» ishtirokidagi uchrashuvdir. «Spartak»ning «Zenit»ga qarshi o‘yini nafaqat turning balki mavsumning eng markaziy qarama-qarshiligidir. Eng qizig‘i, bu safargi Moskva – Piter to‘qnashuvi oldidan jamoalarning turnir jadvalida bir xil – 20 ochkodan to‘plab 1-2-o‘rinlarni egallab turgani o‘yinning qadrini yanada oshiradi. Bu bahsni chempionlik uchrashuvi deyishga erta bo‘lsa-da, uchrashuv g‘olibi «6 ochkolik o‘yin»da chempionlik uchun katta qadam tashlashi aniq.

 

 Rossiya Premer-ligasi. 17-tur

 3 oktabr (shanba)

16:00. Ufa - Rotor           

18:30. Ural – TsSKA

18:30. Tambov - Arsenal  

21:00. Spartak – Zenit

4 oktabr (yakshanba)

16:00. Lokomotiv – Ximki

18:30. Rubin – Axmat

18:30. Sochi – Rostov

22:00. Dinamo – Krasnodar.

Top