22:16 / 03.10.2020
15321
Trampning shifokori uning holati to‘g‘risida ma'lumot berdi

Tramp AQSh milliy harbiy tibbiyot markazi shifoxonasida davolanmoqda. 

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zini yaxshi his qilmoqda. Bu haqda uning davolovchi shifokori Shon Konli ma'lum qildi.

"Bugun ertalabda prezident o‘zini juda yaxshi his qilmoqda", - dedi u jurnalistlarga.

Shifokorning ta'kidlashicha, prezident ehtiyot yuzasidan shifoxonaga yotqizilgan.

Tramp avvalroq koronavirus yuqtirib olganini tasdiqlagandi.  U Uolter Rid nomidagi AQSh milliy harbiy tibbiyot markazi shifoxonasiga yotqizilgan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top