12:46 / 04.10.2020
5955
Xitoyda avtohalokat oqibatida 18 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Xitoyning shimolidagi Tszilin provinsiyasida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi, bir kishi jarohat oldi. 

Foto: Flickr

YTH mahalliy vaqt bilan soat 5:40da Sun'yuan shahridagi trassada yuz bergan. Furgonli mashina traktorga kelib urilgan, so‘ngra qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, yuk mashinasi bilan to‘qnashgan

Politsiya YTH tafsilotlarini o‘rnatmoqda.

Hozirda Xitoyda mamlakat tashkil topganining 71 yilligi munosabati bilan bayram kunlari o‘tmoqda. Bu vaqtda xitoyliklar odatda turli shaharlar bo‘ylab kezadilar, buning natijasida yo‘llarda avtomobillar oqimi ortadi va yo‘l-transport hodisalari ko‘payishiga olib keladi.

Top