15:40 / 05.10.2020
2074
Ekologiyaga zarar yetkazuvchi hodisaga guvoh bo‘ldingizmi? Murojaat uchun Telegram bot ishga tushdi

Toshkent shahar Ekologiya va Atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ekologiyaga zarar yetkazuvchi har qanday holat bo‘yicha onlayn murojaatlarni tezkorlik bilan qabul qilish va zudlik bilan chora ko‘rish bo‘yicha maxsus Telegram botni ishga tushirdi. Bundan tashqari, shaharliklar va shahar mehmonlari ekologiyaga ziyon yetkazish borasidagi ishlarga guvoh bo‘lishsa, ishonch telefonlariga ham qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin. Bu haqda Toshkent shahar Ekologiya va Atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan quyidagilar taqiqlanadi:

  • chiqindilarni belgilanmagan joyga, shu jumladan avtotransport vositalaridan
  • tashlash va joylashtirish;
  • chiqindilarni yoqish;
  • suyuq maishiy chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarga va obektlarga oqizish;
  • ko‘p qavatli uyning umumiy foydalaniladigan joylarida chiqindilarni to‘plash va saqlash joylarini tashkillashtirish;
  • yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilarini chiqindi to‘plash shoxobchalariga tashlash va joylashtirish.

Yuqoridagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun jismoniy shaxslarga

nisbatan 669 000 so‘mgacha va yuridik shaxslarga 1 561 000 so‘mgacha

ma'muriy jarimalar qo‘llanishi mumkin (O‘zR MJtK, 91-moddasi).

Ushbu qonun talablari buzilayotganini aniqlasangiz, Toshkent shahar ekologiya inspeksiyasiga tezkor xabar berishingizni so‘raymiz, deyiladi xabarda.

Murojaat uchun telefonlar:

+998712778868,

+998712777543

t.me/EcoControl_bot

Top