12:30 / 05.10.2020
6553
«Flowers Garden» – dekorativ o‘simliklar yetishtiruvchi O‘zbekistondagi yirik kompaniya!

2018 yilda «Flowers Garden» kompaniyasi dekorativ o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha ulkan qadam tashladi. Qisqa vaqt ichida kompaniya mavsumiy gullar va butalarni yetishtirish bo‘yicha O‘zbekistondagi eng yirik ishlab chiqaruvchiga aylanishga muvaffaq bo‘ldi. Turkiya, Shvetsiya, Litva va Gollandiya kabi xorijiy davlatlar tomonidan «Flowers Garden» uchun o‘simliklar va o‘g‘itlar yetkazib beriladi.

Biz uchun navbatdagi qadam bu issiqxonani o‘zgartirish loyihasi bo‘lib, u 2019 yil fevral oyida yakunlanib, katta foyda keltirdi. Zamonaviy issiqxonada boshqa mamlakatlardan kelgan 500 dan ortiq malakali xodimlar va mutaxassislar ishlaydi, har bir o‘simlikka bizning xodimlarimiz o‘z mehr-muhabbatlarini bag‘ishlab mehnat qilishadi. «Flowers Garden» ko‘rgazma zalida siz dekorativ gullar, butalar va daraxtlarning keng assortimentini ko‘rishingiz mumkin, do‘kon xodimlari bog‘ingizni yoki uyingizni bezatuvchi o‘simliklarni tanlashda sizga yordam berishadi. Kompaniya o‘z mijozlarini o‘ylab, o‘simliklarni yetkazib berish, ekish va keyingi parvarishlash ishlari bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadi.

2020 yilda «Flowers Garden» aholi uchun yangi ekologik «Flowers Garden Park» dam olish majmuasini yaratdi. 49,2 gektar maydonni o‘z ichiga olgan ushbu bog‘da bolalar uchun attraksionlar, dam olish joylari, sport maydonchalari va xiyobonlar mavjud. Kompaniyamiz yildan yilga rivojlanib, yurtimiz va aholimiz farovonligi uchun katta maqsadlarni qo‘yib ishonch bilan faoliyat yuritmoqda.

Manzil: Sergeli tumani, O‘zar ko‘chasi, 78 uy.

Manzil: Uchtepa tumani, Sakkokiy ko‘cha, THAY, 66A (mo‘ljal: O‘rikzor bozori).

«Flowers Shop» va «Flowers Garden Showroom» do‘konlarida gullarni yetkazib berish xizmati orqali xarid qilishingiz mumkin.

Korxonaning rasmiy sayti fshop.uz orqali boshqa turdagi gullar bilan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

Telefon: +99895 501 22 22

Reklama huquqi asosida

Top