16:24 / 05.10.2020
50453
O‘zbekistonda havo harorati pasayishi kutilmoqda

Bugun O‘zbekistonda ob-havo kam bulutli va ochiq bo‘ladi, harorat iqlimiy me'yorlardan biroz past bo‘lib 20-25 darajani tashkil qiladi.

Kechqurun mamlakat hududining katta qismida bulutlilik ortib, respublikaning shimoli-g‘arbiy tumanlarida shamol kuchayib 15-20 m/s gacha tezlikda esadi, deb yozmoqda «O‘zgidromet».

Ertaga respublikaga Ural hududidan quruq, ammo sovuq oqim kirishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ayrim joylarda shamolning tezligi oshadi. Tunda hali iliq, 7-12 daraja atrofida bo‘ladi, kunduzi esa sovuq kirishi sababli harorat 15-20 darajagacha pasayadi, bu ko‘rsatkich kun me'yoridan 4-6 darajaga pastdir. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

7-10 oktyabrda O‘zbekiston hududi atmosferadagi shimoliy havo oqimlari ta'sirida bo‘ladi. Tungi harorat 3-8 darajagacha, shimolda 0-5 darajagacha pasayadi. Bunday past tungi haroratlar haftaning oxirigacha saqlanib turadi.

Kunduzgi harorat 7-8 oktyabrda 17-22 darajani, 9-10 oktyabrda 15-20 darajani tashkil qiladi.

Top