21:11 / 05.10.2020
41071
Qirg‘iziston poytaxtidagi namoyishlar tartibsizliklarga aylanib ketdi
Foto: Akipress

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda parlament saylovi natijalaridan norozi bo‘lib namoyishga chiqqanlar mamlakat parlamenti binosiga hujum uyushtirishdi. Bu haqda «Sputnik Qirg‘iziston» xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, tartibsizliklar ishtirokchilari bino darvozasini silkitishmoqda, ayrimlar binoni o‘rab turgan to‘siqdan oshib o‘tmoqda. Parlament binosi tomon toshlar uloqtirilmoqda. Militsiya norozilik namoyishchilarini tarqatishga urinmoqda.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvlarda jarohatlanganlar bor. O‘q ovozlari eshitilmoqda.

Qirg‘izistonda 4 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovidan so‘ng natijadan norozi bo‘lganlar namoyishga chiqishdi. Saylovda qatnashgan 12 partiyadan 11tasi uning natijalarini tan olishdan bosh tortdi.

Dastlabki natijalarga ko‘ra, «Birimdik», «Mekenim Kirgizstan», «Kirgizstan» va «Butun Kirgizstan» partiyalari yetarlicha ovoz to‘play olgan.

Mavzu
Qirg‘izistonda hukumat almashinuvi
Qirg‘izistonda parlament saylovlari natijalaridan norozi bo‘lgan muxolif partiyalar inqilob amalga oshirishdi.
Barchasi
Top