17:17 / 05.10.2020
6836

Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 oktabr kuni «Sog‘liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

Qarorda aytilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligining markaziy apparati tuzilmasiga sog‘liqni saqlash vazirining:

·        tibbiy yordamni tashkillashtirishga;

·        ixtisoslashgan tibbiy xizmat va yangi texnologiyalarni joriy etishga;

·        onalik va bolalikni muhofaza qilish hamda reproduktiv salomatlikni ta'minlashga;

·        strategik va raqamli tibbiyotni rivojlantirishga;

·        moliya, investitsiya va moddiy ta'minotga mas'ul o‘rinbosar lavozimlari kiritilganligi ma'lumot uchun qabul qilindi.

Hujjat bilan, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining tashkiliy tuzilmasi, markaziy apparatining tuzilmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tuzilmasi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari namunaviy tuzilmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tuzilmasi tasdiqlandi.

Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 139 nafar, sog‘liqni saqlash hududiy boshqaruv organlari xodimlarining cheklangan soni — 423 nafar etib belgilandi.

Sog‘liqni saqlash vaziriga Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparati va uning hududiy organlari tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.

Mavzuga oid
Top