11:00 / 06.10.2020
7868
Reklama

Orient biznes markazi – biznesingiz muvaffaqiyati

Golden House bilan birgalikda biznes qiling, yangi «A» toifadagi biznes-markazga investitsiya kiriting!

O‘z biznesini kengaytirish imkoniyatlarini izlayotganlarga Golden House kompaniyasi Orient Business Center'da maydon xaridi uchun ajoyib shartlar taklif qiladi. Golden House bilan siz o‘z tanlovingiz to‘g‘riligiga amin bo‘lishingiz mumkin, negaki biz qurilish va development sohasida 10 yildan ziyod tajribaga va yuqori nufuzga ega O‘zbekistondagi yetakchi kompaniyalardan birimiz.

«A» toifadagi Orient biznes markazi – bu zamonaviy o‘n bir qavatli bino, bu quyidagi va boshqa ko‘plab afzalliklarga ega biznes-markazlarning eng sarasi:

  • shahar markazida, qulay transport qatnovi yo‘lga qo‘yilgan nufuzli joy;
  • original me'morchilik yechimlari: bino fasadi – to‘liq shishadan;
  • maksimal tabiiy yorug‘lik;
  • 4 ta tezyurar va bitta qo‘shimcha lift;
  • 170 o‘rinli ikki qavatli yerosti avtoturargohi;
  • mehmonlar uchun qo‘riqlanadigan yerusti avtoturargohi;
  • kun-u tun qo‘riqlash xizmati, videokuzatuv va kirib-chiqish nazorati tizimi;
  • iqlim nazorati: ventilyatsiya va sovitish tizimlari;
  • yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish, professional boshqaruv kompaniyasi.

Shuningdek, mehmonlar va rezidentlar qulayligi uchun Orient biznes markazidan barcha kerakli obektlar joy oladi: dorixona, bank, kimyoviy tozalash xizmati, qahvaxona, kafe, oshxona, restoran, vending apparatlari va mini-market.

Biznes-markaz poytaxtning qoq markazida – Yunusobod tumanida, Abdulla Qodiriy metro bekati hamda Gyote nomidagi institutning yonginasida joylashgan.

Loyiha kelajak avlodlar uchun integratsiyalangan, qulay va mashhur smart-loyihalar bilan shug‘ullanuvchi DOME+PARTNERS xalqaro arxitektura va dizaynerlik kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. Hi-tech uslubi va fasadning ifodali dizayni tufayli hozirda Orient biznes markazi o‘zining zamonaviy va noyob qiyofasini namoyon qilib bormoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, bu yerda ofisga ega bo‘lish – o‘zini boshqalarga barqaror va muvaffaqiyatli kompaniya ekanligi haqida ma'lum qilish demakdir. Orient Business Center – estetik go‘zallik, oliy nufuz va o‘zining biznes muhitini qadrlovchi insonlar uchun.

Maydonlar xaridi haqida batafsil ma'lumot olish uchun biz bilan +99899 808-92-25 telefon orqali bog‘laning yoki Golden House savdo ofisiga tashrif buyuring.

Markaziy savdo ofisi: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 3-uy.

Mo‘ljal: «Irrigatsiya» instituti, «Novomoskovskaya» TJM.

Veb-sayt: orientbc.gh.uz

Facebook: fb.com/orientbusinesscenter

Instagram: @orient_bc

Telegram: t.me/goldenhouseuz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top