20:34 / 06.10.2020
23959
Ozarboyjon «ulkan vayronkor kuchga ega qurol»ni qo‘llash bilan tahdid qildi

28 sentabr kuni Armanistonning Rossiyadagi elchisi Vardan Toganyan agarda Tog‘li Qorabog‘da Turkiyaning F-16 samolyotlari parvoz qiladigan bo‘lsa, «Iskander»lar qo‘llanilishi mumkinligini aytgandi.

Foto: David Ghahramanyan / NKR InfoCenter / PAN Photo / AP

Ozarboyjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zokir Hasanov armiya qo‘mondonligiga raqibning harbiy infrastruktura obektlariga qarshi ulkan vayronkor kuchga ega quroldan foydalanish rejasini ishlab chiqish to‘g‘risida buyruq berdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi xabar berdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, raqib «Iskander» tezkor taktik raketa majmualaridan foydalanadigan bo‘lsa, «bunga munosib javob qaytariladi».

«Vazir Ozarboyjon armiyasiga raqib hududidagi harbiy-strategik infrastrukturaga ulkan vayronkor kuchga ega qurollardan zarba berish bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqishni buyurdi», — deyiladi vazirlik xabarida.

28 sentabr kuni Armanistonning Rossiyadagi elchisi Vardan Toganyan agarda Tog‘li Qorabog‘da Turkiyaning F-16 samolyotlari parvoz qiladigan bo‘lsa, «Iskander»lar qo‘llanilishi mumkinligini aytgandi.

30 sentabr kuni Ozarboyjon Armanistonni Tog‘li Qorabog‘da «Tochka-U» taktik raketa majmuasidan foydalanganlikda aybladi.

Mavzu
Ozarboyjon-Armaniston mojarosi
12 iyul kuni Ozarboyjon shimoli-g‘arbidagi Tovuz viloyati hududida ikki davlat qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
Barchasi
Top