23:37 / 06.10.2020
25654
Pashinyan Armaniston Tog‘li Qorabog‘ bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha yon berishga tayyorligini ma'lum qildi

Dushanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqotida jangovar harakatlarni to‘xtatish zarurligi haqida aytgan.

Foto: RIA "Novosti"

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Yerevanning Tog‘li Qorabog‘ bilan bog‘liq vaziyat borasida murosaga tayyorligi shartini aytdi.

"Armaniston Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi nizoda yon berishi mumkin, ammo agarda Ozarboyjon ham bunga tayyor bo‘lsa", — dedi u.

Dushanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqotida jangovar harakatlarni to‘xtatish zarurligi haqida aytgan.

Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni muhokama qilish maqsadida Bokuga kelganligi xabar qilingandi.

Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuvlar 27 sentyabrda boshlandi. Boku arman harbiylari Ozarboyjon pozitsiyalarini o‘qqa tutganini ma'lum qildi va qarshi hujum e'lon qildi. Yerevan esa Ozarboyjon Tog‘li Qorabog‘ga hujum qilganini bildirdi. To‘qnashuvlar davom etmoqda.

Top