08:03 / 06.10.2020
2805
Qozog‘iston aviakompaniyasi Aqtau – Urganch – Aqtau yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldi

Qozog‘istonning SCAT aviakompaniyasi Aqtau – Urganch - Aqtau yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2020 yil 1 avgustdan  boshlab  Urganch aeroportida joriy qilingan "Ochiq osmon" rejimi asosida “O‘zaviatsiya” agentligi SCAT aviakompaniyasiga 2020 yil 2 oktyabrda Aqtau – Urganch – Aqtau yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsatnoma berdi.

Bundan oldin, joriy yilning noyabr oyidan boshlab arablarning Air Arabia loukosteri Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri reysni yo‘lga qo‘yishi ma'lum bo‘lgandi.

Kompaniya saytida xabar qilinishicha, «Sharja-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reys 4 noyabr kuni amalga oshiriladi. Keyinchalik reyslar chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Chipta narxi - 200 AQSh dollaridan 246 AQSh dollarigacha. 

Top