21:12 / 06.10.2020
2283
Tramp Bayden bilan ikkinchi teledebatda ishtirok etishga tayyorligini aytdi

Donald Tramp o‘tgan juma kuni koronavirus tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgandi. U dushanba kuni shifoxonadan chiqib Oq uyga qaytdi.

Foto: Chris Kleponis/Polaris/Bloomberg

AQSh prezidenti Donald Tramp 15 oktyabrda Jo Bayden bilan bo‘lib o‘tadigan ikkinchi teledebatda ishtirok etish niyatida ekanligini bildirdi.

"15 oktyabrda Mayamida bo‘ladigan debatni kutyapman. Bu go‘zal bo‘ladi!" – deb yozdi u o‘zining Twitter sahifasida.

Bundan tashqari, Tramp o‘zini juda yaxshi his qilayotganini yozdi.

Avvalroq Jo Bayden agarda shifokorlar xavfsiz deb hisoblashsa, Tramp bilan debatga tayyor ekanligini aytgandi.

Donald Tramp o‘tgan juma kuni koronavirus tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgandi. U dushanba kuni shifoxonadan chiqib Oq uyga qaytdi.

Top