14:34 / 06.10.2020
11212

Turkiya tashqi ishlar vaziri Bokuga keldi

 Avvalroq Turkiya TIV Mavlut Chovusho‘g‘lu Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni muhokama qilishi to‘g‘risida xabar bergandi.

Foto: Reuters

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu tashrif bilan Bokuga keldi.

"Bokudamiz", - deb yozdi Chovusho‘g‘lu Twitter sahifasida.

Avvalroq Turkiya TIV Chovusho‘g‘lu Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni muhokama qilishi to‘g‘risida xabar bergandi.

Turkiya Tog‘li Qorabog‘ mojarosida Ozarboyjonni qat'iy qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

«AQSh, Rossiya va Fransiya qariyb 30 yil mobaynida bu muammoni e'tiborsiz qoldirib kelganini inobatga olsak, ular o‘t ochishni to‘xtatish yo‘llarini izlashda ishtirok etishlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi», degan Turkiya parlamentida chiqish qilgan Erdo‘g‘an. U tinchlik faqat«arman bosqinchilari» Tog‘li Qorabog‘ni tark etganidagina o‘rnatilishini aytib o‘tgan.

Tog‘li Qorabog‘dagi to‘qnashuvlar 27 sentyabrda boshlandi. Boku arman harbiylari Ozarboyjon pozitsiyalarini o‘qqa tutganini ma'lum qildi va qarshi hujum e'lon qildi. Yerevan esa Ozarboyjon Tog‘li Qorabog‘ga hujum qilganini bildirdi.

To‘qnashuvlar davom etmoqda. Har ikki tomonda talafotlar bo‘lgan.

Mavzu
Qorabog‘ urushi
12 iyul kuni Ozarboyjon shimoli-g‘arbidagi Tovuz viloyati hududida ikki davlat qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top