19:47 / 06.10.2020
4326
Yevroittifoq Turkiyaning YeIga a'zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolganini bildirdi

Turkiya 2005 yildan buyon Yevroittifoqqa kirishga harakat qilmoqda.

Foto: Picture Alliance

Turkiya Yevroittifoqdan uzoqlashishda davom etmoqda, Anqaraning hamjamiyat tarkibiga kirishi bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chada. Bu haqda Yevrokomissiyaning YeIni kengaytirish siyosati bo‘yicha yillik hisobotida ma'lum qilindi.

 "<...> Turkiya demokratiya, qonun ustuvorligi, asosiy huquqlar va sud tizimining erkinligi kabi sohalarda jiddiy ortda qolib, Yevroittifoqdan yanada uzoqlashishda davom etmoqda", - deyiladi hisobotda.

 Qayd etilishicha, mamlakatning Yevroittifoq tarkibiga kirishi bo‘yicha Bryussel va Anqara o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan.

"Yevrokengash 2018 va 2019 yillarda bildirganidek, Turkiyaning a'zolikka qo‘shilishi amalda boshi berk ko‘chaga kirib qolgan", - deyiladi hisobotda.

 Turkiya 1963 yilda Yevroittifoqqa kirish bo‘yicha kelishuvga erishgan, biroq bu boradagi harakatlarni 2005 yildan boshlagan.

Top