12:21 / 07.10.2020
16822

Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari o‘zgardi

Buxoro viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Ilhom Narziyev boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘iga asosan G‘ofur Normurodovich Saidov viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

G‘ofur Saidov 44 yoshda bo‘lib, 2000 yilda Buxoro davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Tibbiyot fanlari nomzodi. Buxoro viloyat onkologiya dispanseri bosh vrachi, Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazi direktori o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 

U shu kunga qadar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi Buxoro filiali direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Top