22:08 / 07.10.2020
11779

Dunyodagi eng xaridorgir smartfon aniqlandi   

ComprarAcciones nashri tahlilchilari dunyoda ayni damda eng xaridorgir smartfonni ma'lum qilishdi. Ularning ta'kidlashicha, ayni vaqtda iPhone 11 eng ko‘p sotilgan smartfon hisoblanadi.

Foto: TASS

Tahlilchilar ma'lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning 2-choragida dunyo bo‘yicha smartfonlar savdosi 2019 yilning shu choragiga nisbatan 20,4 foizga qisqargan va 294,7 mln donani tashkil qilgan.   

Eng ko‘p smartfon Huawei kompaniyasi sotgan – umumiy savdodan 20 foiz. Keyingi o‘rinlarni Samsung (19,5 foiz) va Apple (13,5 foiz) egallagan.

Dunyoda eng xaridorgir smartfon iPhone 11 bo‘lgan. Undan 2-chorakda 37,7 mln dona sotilgan. 2-o‘rinni yetakchidan katta farq bilan Samsung Galaxy A51 egallagan: ushbu smartfondan 11,4 mln dona sotilgan. 3-o‘rinni 11 mln dona sotilgan Xiaomi Redmi Note 8 egallagan.

E'tiborlisi, eng xaridorgir smartfonlar o‘ntaligiga iPhone’ning 5 ta, Xiaomi’ning 4 ta smartfoni kirgan. 

Mavzuga oid
Top