20:11 / 07.10.2020
4272
Futzal. O‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekiston Eronga mag‘lub bo‘ldi
Foto: O‘FA

Toshkentda futzal bo‘yicha O‘zbekiston va Eron milliy jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi.

Bahsda Bahodir Ahmedov shogirdlari Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri sanalmish Eron milliy jamoasiga kichik farq bilan mag‘lub bo‘lishdi. Ali Ibrohimi va Tahat Ne'matiyonning goliga Xushnur Erkinov bitta gol bilan javob bera oldi, xolos – 1:2.

Futzal. O‘rtoqlik uchrashuvi. 
7 oktyab (seshanba)

O‘zbekiston milliy jamoasi – Eron milliy jamoasi - 1:2

Gollar: Hushnur Erkinov 27 - Ali Ibrohimi 9, Ne'matiyon 12.

O‘zbekiston: 12. Ravshan Eliboyev 3. Mashrab Odilov 7. Dilshod Rahmatov 15. Sunnatilla Jo‘rayev 11. Akbar Usmonov.
Zaxira: 4. Ixtiyor Rofiyev 8. Husniddin Nishonov 10. Davron Choriyev 14. Konstantin Sviridov 6. Javlon Anorov 2. Hushnur Erkinov 9. Dilmurod Shavkatov 5. Elbek To‘lqinov 13. Dilmurod Jumayev 1. Akmaljon Hazratqulov 17. Avazbek Abduvaliyev

Eron: 1. Safar Muhammadi, 7. Asqar Hasanzoda, 11. Mehdi Karimi, 13. Farhod Tavakkali, 14. Alirizo Asqari.

Zaxira: 2. Said Mo‘mini, 3. Meysam Hayyom, 4. Salar Og‘apoir, 5. Ali Ro'fei, 6. Muhammad Rizo Sangisafed, 8. Muhammad Shojari, 9. Ali Ibrohimi, 10. Tahat Ne'matiyon.

Top