09:33 / 07.10.2020
33014

Gulistonda koronavirusli bemorlar taqsimlash markazida portlash sodir bo‘ldi. Hodisaga kislorod balloni sabab bo‘lgani bildirildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan birlamchi ma'lumot taqdim etdi.

Qayd etilishicha, bugun, 7 oktabr kuni, soat 08:13da Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmuasida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, saralash va taqsimlash markazida kislorod balloni yorilishi sodir bo‘lgan

Hosil bo‘lgan kinetik zarba to‘lqinidan bino oynalari parchalanib,  fuqarolarga tan jarohati yetgan. 

Ta'kidlanishicha, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va boshqa tegishli xizmatlarning xodimlari voqea joyiga yetib borib, fuqarolarni xavfsiz hududga ko‘chirdilar. 

Mazkur hodisa oqibatida vafot etgan fuqarolar aniqlanmagan. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan, deyiladi ma'lumotda. 

Mavzuga oid
Top