19:38 / 07.10.2020
54576

Gulistondagi koronavirus markazida ro‘y bergan portlash bo‘yicha jinoiy ish ochildi

Gulistondagi koronavirus markazida yuz bergan portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, portlash yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlarini olib borish Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasiga yuklatildi.

Tergov harakatlari Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi 7 oktabr kuni soat 8:13da Guliston shahridagi «Alpomish» sport majmuasida tashkil etilgan koronavirusga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, saralash va taqsimlash markazida yuz bergani, hodisaga majmuadagi kislorod balloni yorilishi sabab bo‘lganini ma'lum qilgandi.

Voqea joyiga zudlik bilan viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev, viloyat prokurori, hududiy DXX, IIB, FVB, SSB boshliq va xodimlari yetib kelib, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlarining tergovchi va boshqa tezkor xodimlaridan iborat tezkor tergov guruhi, tezkor ma'lumotlar va favqulodda holatlar bo‘yicha shtab, axborot-tahlil guruhi tuzilgan. Hodisa oqibatida majmuada kislorod stansiyasiga xizmat ko‘rsatgan D.M. tan jarohati olib, RShTYoIM Sirdaryo viloyati filialiga yotqizilgan, vafot etganlar yo‘q.

Top